Mudofaa vazirligining foydalanilmayotgan avtotransporti auksion orqali sotiladi
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalarini sotish tartibini yanada soddalashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mudofaa vazirligining o‘ziga tegishli umumfuqaro foydalanishda bo‘lgan va bo‘shayotgan avtomototransport vositalarini Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilariga yopiq auksionlar o‘tkazish orqali sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Yopiq auksion o‘tkazish bo‘yicha savdolar tashkilotchisi Mudofaa vazirligi tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi. Uch oy muddat davomida avtomototransport vositalari yopiq auksionda sotilmagan yoki yopiq auksionda qatnashish bo‘yicha arizalar kelib tushmagan taqdirda, mazkur avtomototransport vositalari umumiy tartibda "E-ijro auksion" elektron savdo maydonchasining ommaviy savdolariga chiqariladi.
Yopiq auksionni o‘tkazish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasida e'lon qilingan va 13.08.2021 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

08:12 / 29.04.2025
Mart oyida avtotransport vositalari savdosi 3 foizga kamaydi

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

09:10 / 19.02.2025