Ekoqo‘mitaning sobiq raisi Alisher Maqsudov “Milliy tiklanish” markaziy kengashidan chiqarildi
Kuni kecha prezident selektorida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimidan olingan Alisher Maqsudov “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi tarkibidan ham chiqarildi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati
26 avgust kuni O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining VII qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Tadbirda partiya markaziy kengashi tarkibiga yangi a'zolar qabul qilish, ayrimlarini esa chiqarish, shuningdek, kengashning doimiy a'zolar sonini 85 nafarga ko‘paytirish masalasi ham ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining endilikda sobiq raisi Alisher Maqsudov qurultoyda kiritilgan taklif va a'zolar ma'qullashi bilan partiya markaziy kengashi tarkibidan chiqarildi.
Qurultoyda kengash tarkibiga quyidagi 4 nafar yangi a'zo qabul qilinji:
- Baxtiyor Sayfullayev – Oliy Majlis Senati a'zosi;
- Ulug‘bek Muhammadiyev – “Yuksalish” umummilliy harakati boshqarma boshlig‘i;
- Kozimjon Tojiyev – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati;
- Sayfullo Ahmedov – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Toshkent shahar kengashi raisi.
Kun.uz muxbiri tadbir yakunida Alisher Maqsudovning aynan qanday sabab bilan kengash tarkibidan chiqarilgani bo‘yicha partiya raisi o‘rinbosari Bahodir Mamatxonovga murojaat qildi. Mamatxonov buning sababini bilmasligini aytdi.
“Bilmadim, bu – kengashning qarori. Lekin qandaydir negativ sabablar yo‘q. Menimcha, partiya hozirgi saylov jarayonida faqat faol a'zolar bilan ishlamoqchi”, – dedi u.
Ma'lumot uchun, partiya markaziy kengashi qurultoylar orasida partiyaning ishiga baho va ko‘mak beruvchi yuqori organ hisoblanadi. Unga turli nufuzli tashkilot va davlat organlari rahbarlari hamda jamoat faollari qabul qilinadi.
“Milliy tiklanish” partiyasining VII qurultoyida markaziy kengash a'zolari soni 85 nafarga ko‘paytirildi.
Eslatib o‘tamiz, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maqsudov 24 avgust kuni o‘z lavozimidan ozod etildi.
Bunga “sohadagi tizimli muammolarni hal qilmagani va yo‘l qo‘ygan boshqa kamchiliklari” sabab bo‘lgani aytildi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

14:09 / 20.05.2025
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

17:39 / 19.05.2025
Aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan prezident qarori qabul qilindi

10:51 / 15.05.2025
Samarqandda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 10 mln dollardan ortiq zarar yetdi

10:24 / 15.05.2025