O‘zbekiston | 10:18 / 27.08.2021
1565
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘z hovlisida 21 tup kannabis o‘stirib kelayotgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida o‘z hovlisida 21 tup kannabis o‘stirib kelayotgan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 12 avgust kuni soat 10:00larda viloyat IIB JQB va Shahrisabz tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning «Shamaton» MFYda yashovchi nafaqaxo‘r S.X. yashash uyi hovlisida jami 21 tup kannabis giyohvandlik o‘simliklarini ekib, parvarishlab kelayotgani aniqlangan. Nam holdagi kannabis giyohvandlik o‘simliklari tortilganda og‘irligi 1850 gramm chiqqan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid