O‘zbekistonda «Nissan» avtomobillari soni va modellari ko‘lami kengaytiriladi
O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi Muhsin Abdurahmonov «Nissan Motor Co Ltd.» kompaniyasining barqaror rivojlanish bo‘yicha bosh vitse-prezidenti va direktori Joji Tagava bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Uchrashuv chog‘ida elchi O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatidagi o‘zgarishlar, sarmoyaviy muhit hamda ishbilarmonlik uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida so‘z yuritdi.
O‘zbekiston rahbariyati tomonidan «yashil» energiyaga o‘tish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar va mamlakatda elektr transport vositalarini ishlab chiqarish rejalariga alohida e'tibor qaratildi.
«Nissan Motor Co. Ltd.» barqaror rivojlanish bo‘yicha bosh vitse-prezidenti va direktori Joji Tagava O‘zbekistonda avtomobilsozlik bo‘yicha katta salohiyat mavjudligi va kompaniyaning mamlakat bozoriga kirishga bo‘lgan qiziqishini qayd etdi. Shuningdek, u O‘zbekistonning «yashil» energiyani rivojlantirishda hamkorlik qilish bo‘yicha takliflarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
Joji Tagava o‘zbek tomoniga «Nissan Motor Co. Ltd.» mahsulotlariga bo‘lgan qiziqish va ishonch uchun minnatdorlik izhor etdi. U shuningdek, O‘zbekistonda «Nissan» avtomobillari soni va modellari ko‘lami kengaytirilishini ham ma'lum qildi.
Muzokaralarda, shuningdek, «Nissan Motor Co. Ltd.» kompaniyasining mintaqaviy vakolatxonasi direktori Andrey Akifiyev ishtirok etdi. U tomonlarning «Nissan Motor Co. Ltd.» kompaniyasining O‘zbekiston bozoriga yanada faol kirishi bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladi, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid

15:32 / 29.05.2025
O‘zbekistonda endi qurg‘oqchil yerda ham sholi yetishtirilishi mumkin

19:59 / 28.05.2025
Yaponiyada bolalarga g‘alati ismlar qo‘yish taqiqlandi

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

15:50 / 25.05.2025