O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalari soni ma'lum qilindi

Foto: KUN.UZ
2021 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 14,5 foizga ko‘p.
So‘nggi 5 yilda aholiga tegishli bo‘lgan jami avtotransport vositalari soni quyidagicha:
- 2015 yilda – 2 109 185 ta;
- 2016 yilda – 2 191 231 ta;
- 2017 yilda – 2 273 419 ta;
- 2018 yilda – 2 440 276 ta;
- 2019 yilda – 2 580 133 ta;
- 2020 yilda – 2 955 295 ta.
Ma'lumot uchun, 2021 yilning yanvar-avgust oylarida 36 667 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan. 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 50 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

10:40 / 09.06.2025
May oyi uchun inflatsiya darajasi e’lon qilindi

09:45 / 09.06.2025
Bir kilogramm palovga ketadigan mahsulotlarning o‘rtacha narxi aytildi

09:03 / 09.06.2025
Qaysi sohada tijorat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?

08:20 / 09.06.2025