Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan fuqaro ushlandi

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti
Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan fuqaro ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma'lum qildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shirin shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.B. noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, fuqaro Sh.ga tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan 56 dona “Regapen”, 2 dona “Selofen” va 2 dona “Tropikamid” nomli dori vositalarini 1,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta'sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

12:59 / 31.07.2025
DXX: Toshkentda sifatsiz dori vositalari to‘xtatib qolindi

15:47 / 24.07.2025
Misr O‘zbekistonda dorilar ishlab chiqarishni mahalliylashtiradi

13:46 / 24.07.2025
Qalbaki dori vositalari ishlab chiqarilgan xonadon aniqlandi

08:57 / 24.07.2025