Eron o‘z neft tankerlariga qaroqchilar uyushtirgan hujumni qaytardi
Eron harbiy kemalari Adan ko‘rfazida mamlakatga tegishli ikkita neft tankerini egallab olishga uringan qaroqchilar hujumini qaytara oldi.

Foto: AP
Eron harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni admiral Shahram Eroniyning ta'kidlashicha, 16 oktyabrda qaroqchilar 5 ta motorli qayiqda neft tankerlariga hujum qilgan. Biroq tankerlarni kuzatib borgan harbiy kemalar hujumni qaytargan. Natijada qaroqchilar qarshilikka uchragach chekingan, tankerlar esa belgilangan manzilga yo‘lni davom ettirgan.
Eroniy ushbu hujumni “dengiz terrorchiligi” deb atagan.
Ta'kidlanishicha, Eron o‘z kemalarini somalilik qaroqchilar hujumidan himoyalash maqsadida Hind okeani va Adan ko‘rfazida harbiy kemalar sonini oshirgan.
Mavzuga oid

17:16
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi

16:19
Isroil Eronga qarshi harbiy operatsiya kengaytirilganini e’lon qildi

15:47
AEXA rahbari yadroviy xavfsizlikni ta’minlash uchun Eronga borishga tayyor

13:56