Narzullo Oblomurodov: “Inson hayoti uchun eng muhim ekologik standartlarni ta'minlash kerak”
Prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov toshkentlik saylovchilar bilan uchrashdi.

Foto: Ekologik partiya
Uchrashuvda nomzod o‘z saylovoldi dasturida ko‘zda tutilgan, inson hayoti uchun eng muhim omil bo‘lgan atmosfera havosini muhofaza qilish, uning sifat ko‘rsatkichlarini ekologik normativlarga muvofiqligini ta'minlash masalalari haqida gapirdi.
“Joylarda atrof-muhitni me'yoridan ortiq ifloslantiruvchi manbalarni aniqlash orqali ularning texnologik jarayonlarini modernizatsiya qilish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etishning huquqiy asoslarini ishlab chiqish lozim. Atmosfera havosiga salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi har qanday xo‘jalik faoliyati turlarini ifloslantiruvchi moddalarni tozalash uskunalari bilan jihozlanmasdan loyihalashtirishga chek qo‘yish kerak”, – dedi u.
Shuningdek, yirik va sanoati rivojlangan shaharlarda atmosfera havosiga chiqarilayotgan uglerod, azot birikmalari, metan va boshqa gazlar chiqarilishini hamda chang miqdorini 1,5 barobarga kamaytirish choralari ko‘rilishi nomzod tomonidan yana bir bor e'tirof etib o‘tildi.
Saylovchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.
Mavzuga oid

19:14 / 18.04.2025
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi

16:55 / 08.04.2025
Poytaxtning Qorasaroy ko‘chasida daraxtlar ko‘chirilmoqda. Agrotexnik talablar buzilgan

22:21 / 22.02.2025
Qoidabuzarlarni tiyadigan qonun va “quvg‘indi” daraxtlar - hafta dayjesti

18:14 / 10.06.2024