So‘x aeroportiga dastlabki sinov parvozi amalga oshirildi
So‘x tumanining «Navobod» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida barpo etilgan yangi aeroport dastlabki sinov parvozini qabul qildi.

Foto: So‘x tumani hokimligi axborot xizmati
Tuman hokimligi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bugun, 1 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportidan «Humo Air» aviakompaniyasiga qarashli An-2P yo‘lovchi tashish samolyotida sinov parvozi amalga oshirilgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 12:30 da Farg‘onadan havoga ko‘tarilgan uchoq soat 13:10 da So‘x aeroportiga kelib qo‘ngan. Javohir Ma'rupov komandirligidagi ekipaj tomonidan amalga oshirilgan parvoz muvaffaqiyatli yakunlangan.


Samolyot So‘xdan qayta parvoz qilgan va soat 14:07da Farg‘ona xalqaro aeroportiga yetib keldi.


So‘xda barpo etilgan yangi aeroport maydoni yetti gektar bo‘lib, uchish-qo‘nish yo‘lagining uzunligi yetti yuz metrni tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun davlat budjetidan 6 milliard 800 million so‘m mablag‘ ajratilib, uchish-qo‘nish yo‘lagi, kutish zali, ovqatlanish shoxobchasi, savdo nuqtasi, dam olish joylarini o‘zida qamrab oladigan majmua tashkil etildi.
Avvalroq barpo etilayotgan yangi aeroportda qurilish ishlari yakunlangani, Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov So‘x tumaniga tashrifi doirasida tumanda qurilish ishlari yakunlanayotgan yangi aeroport bilan tanishgani xabar qilingan edi.
Aeroport qurilishi prezidentning «2020-2021 yillarda Farg‘ona viloyatining So‘x tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berilgan edi. So‘x tumaniga kichik aviatsiya transporti qatnovi bo‘yicha ko‘rilgan zararlar Davlat budjetidan qoplab beriladi.
Mavzuga oid

22:43 / 23.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?

13:26 / 18.04.2025
Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha o‘tkazilgan tender g‘olibi aniqlandi

23:08 / 11.04.2025
Yaponiyadagi sun’iy orollarda joylashgan aeroport dengiz ostiga g‘arq bo‘lishi mumkin

21:00 / 11.04.2025