O‘zbekiston | 14:30 / 04.11.2021
4243
3 daqiqa o‘qiladi

Enter Engineeering: Fitch reyting agentligi kompaniyaning kredit reytingini «B+» darajasida tasdiqladi

Enter Engineering o‘zining amaldagi biznes strategiyasini amalga oshirish uchun to‘liq moliyaviy imkoniyatga ega ekanini tasdiqladi.

O‘zbekistonda eng yirik EPC pudratchilaridan biri bo‘lgan Enter Engineering kompaniyasi Xalqaro kapital bozorlari uchun tahlil va tadqiqotlar bo‘yicha jahonda yetakchilardan biri bo‘lgan Fitch Ratings reyting agentligi kompaniyaning kredit reytingini «B+» darajasida tasdiqlagani haqida xabar bermoqda.

Fitch agentligi, shuningdek quyidagilarni e'tirof etgan:

  • so‘nggi yil davomida Enter Engineering bajariladigan shartnomalar hajmini (ya'ni, yakunlanishi talab etiladigan ishlar narxini) 4,4 mlrd AQSh dollaridan 4,9 mlrd AQSh dollarigacha oshirdi, bu esa «kompaniyaning mahalliy bozordagi o‘z ishtirokini yanada mustahkamlagani» bilan bog‘liq;
  • ishlarning umumiy shartnomaviy hajmi oshishi Enter Engineering kompaniyasini daromadlar va kelgusidagi pul oqimlari bilan ta'minlaydi, shuningdek nisbatan yirik bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning xuddi shunday ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashga loyiq natijalarni taqdim etadi;
  • shuningdek, Enter Engineering «ma'qullanish uchun katta imkoniyat» doirasida ishlab chiqilayotgan loyihalarga ko‘ra, doimiy ish hajmiga ega. Fitch'ning ta'kidlashicha, «bu Enter Engineering'ning mahalliy bozordagi yetakchilik mavqeini mustahkamlaydi va ba'zi shartnomalarning diversifikatsiyasini ta'minlaydi». 

Fitch taxminicha, Enter Engineering 2022 yilda yangi aylanma kapital oqimiga ega bo‘lishi kutilmoqda va Enter Engineering loyihalari portfelining kengayishi «aylanma mablag‘larning o‘zgaruvchanligini cheklashi kerak». Bu «qarz yuklamasini solishtirilayotgan kompaniyalar guruhidagidan kamroq darajaga olib kelish imkonini beradi».

Fitch Enter Engineering daromadi 2021 dan 2024 yilgacha o‘rta hisobda 12% ga o‘sishini bashorat qilmoqda, shu o‘rinda, bunda EBITDA'ning rentabellik bashorati 2024 yilga kelib 12% atrofida saqlanib qoladi. 

Umuman olganda, Fitch'ning xulosasiga ko‘ra, Enter Engineering'ning moliyaviy profilini «mustahkam» deb ta'riflash mumkin.

Enter Engineering joriy biznes strategiyasini amalga oshirish uchun mahalliy va xususiy moliyalashtirish manbaalaridan yetarlicha foydalanish imkoniyatiga egaligini va yaqin kelajakda kapital bozorlariga kirishni rejalashtirmaganini alohida ta'kidlaydi. Buning natijasi o‘laroq, kompaniya Fitch'ning ochiqlangan reyting qarorini qaytarib olishga qaror qildi.

Enter Engineering kompaniyasi PR-departamenti Ⓣ

Mavzuga oid