Guliston shahrida «Tadbirkorlar va hunarmandlar» xiyoboni foydalanishga topshiriladi
Guliston shahridan kesib o‘tuvchi «Do‘stlik» kanali qirg‘og‘ida «Tadbirkorlar va hunarmandlar» xiyoboni tashkil qilingan. Bu yerda viloyat tadbirkorlari va hunarmandlarining ijod namunalarini namoyish etish uchun ekspomarkaz ham tashkil etilgan. Bu haqda Guliston shahar qurilish bo‘limi boshlig‘i Javlon Raimberdiyev Kun.uz’ga ma'lum qildi.

Xiyobonning umumiy maydoni 70 sotix bo‘lib, shundan 37 sotix hududida qurilish ishlari amalga oshirilgan. Buning uchun 34 mlrd so‘m mablag‘ ajratilgan.
Xiyobonda aholi uchun salomatlik yo‘lagi, kitob javonlari, favvoralar tashkil qilingan. Hozirda qurilish ishlari yakuniy pallaga kirgan. 2021 yilning 1 dekabr kuni foydalanishga topshiriladi. Bu yerda viloyat aholisi istalgan vaqtda foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

16:16 / 09.01.2025
Guliston shahar hokimining sobiq o‘rinbosari 9 yilga qamaldi. U xitoylik investorlarni chuv tushirgan

11:04 / 19.11.2024
Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanishi mumkin

12:47 / 22.07.2024
«Chek talab qilish - mayda ish emas» – Sherzod Qudbiyev chek so‘ragani uchun tarsaki yegan bolaga rahmat aytdi

10:34 / 21.07.2024