“O‘zbekistonda ham politsiya tizimiga albatta o‘tiladi” - Rustam Hotamov bilan suhbat
Ichki ishlar vazirining kadrlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib faoliyat yuritgan, bugungi kunda IIV akademiyasiga rahbarlik qilayotgan polkovnik Rustam Hotamov Kun.uz’ga bergan intervyusida O‘zbekistonda ham politsiya tizimiga o‘tilishi ehtimoli haqida to‘xtaldi.
“Haqiqatan ham dunyoning aksariyat mamlakatlarida ichki ishlar organlari politsiya deb nomlanadi. Lekin ayrim mamlakatlarda militsiya tizimi saqlanib qolgan. Buning farqli jihati shundaki, berilgan ta'riflarga ko‘ra, militsiya ko‘proq respublikadan turib yagona tizim orqali boshqarilsa, politsiya asosan mahalliy hokimiyat organlari tomonidan boshqariladigan hamda muammolarni pastki bo‘g‘indan boshlab hal qiladigan tuzilma hisoblanadi.
Ya'ni politsiya nafaqat jinoyatchilikni jilovlash va unga qarshi kurashish bilan shug‘ullanadi, balki ijtimoiy profilaktika bilan ham shug‘ullanadi.

Sizga ochig‘ini aytaman, so‘nggi besh yilda O‘zbekistondagi ichki ishlar organlaridagi o‘zgarishlar orqali politsiya tizimiga o‘tish uchun juda muhim poydevor yaratildi. Ichki ishlar organlari bugungi kunda nafaqat jinoyatchilik bilan kurashmoqda, balki ijtimoiy masalalarni ham yechishga, jumladan, odamlarni tadbirkorlikka yo‘naltirishga, ish bilan ta'minlashga harakat qilmoqda. Bu – politsiya tizimining elementlaridir.
O‘ylaymanki, O‘zbekistonda ham politsiya tizimiga o‘tish uchun katta qadam tashlandi va yaqin yillarda bu tizimga albatta o‘tiladi. Chunki hozirgi kunda ichki ishlar tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar aynan shunga yo‘naltirilgan”, – deya Rustam Hotamovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, 1917 yilda Rossiyadagi muvaqqat hukumat imperiya davridagi politsiya o‘rniga jamoat tartibini saqlash uchun “xalq lashkarlari” yoki “xalq militsiyasi”ni tuzishga qaror qiladi. Oktyabr inqilobini sodir etgan bolsheviklar esa o‘zlarining huquqni muhofaza qilish organlariga militsiya nomini beradi, keyin esa bu nom SSSR tarkibiga kirgan respublikalarda ham qabul qilinadi.
O‘zbekistonda jamiyatdagi tartibni saqlashga qaratilgan, sobiq ittifoq davrida militsiya deb nomlangan tizim mustaqillik yillarida ichki ishlar organi deya qayta nomlangan bo‘lsa-da, mohiyat o‘zgarmasdan qolavergan.
Faqatgina 2016 yil avgustiga kelib “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilinishi ortidan soha xodimlarining vakolat va majburiyatlari aniq belgilab berildi va bu ma'lum darajada ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgani aytiladi.
Rossiyada 2011 yil 1 martidan, Tojikistonda esa 2019 yil yanvaridan militsiya politsiya deb atala boshlagan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SCMP: Xitoy kompaniyalari ishlab chiqarishni AQShga ko‘chirishni boshladi
Jahon | 14:45
-
Qiynoqqa solish holatlari to‘g‘risidagi murojaatlarni tezkor tekshirish mexanizmi joriy etiladi
O‘zbekiston | 14:12
-
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi
Jamiyat | 13:57
-
Pistorius: Trampning Ukraina bo‘yicha taklifi kapitulyatsiyaga o‘xshaydi
Jahon | 13:52
Mavzuga oid

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

14:02 / 29.03.2025
“Tonirovka” uchun jarima: nima o‘zgaryapti?

18:39 / 27.03.2025
Angliya politsiyachilari me’yoridan ortiq ishlayotgani sabab jinoyatlarni fosh eta olmayapti

22:55 / 22.03.2025