Jizzaxda yana bir tuman prokurori o‘rinbosari 8 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: Kun.uz
Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurori o‘rinbosari DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 8 ming dollar pora olayotgan vaqtga qo‘lga olindi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda. Bosh prokuratura matbuot xizmati holatni tasdiqladi.
«15 noyabr kuni taxminan soat 16.30 larda huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati Yangiobod tumani prokurorining o‘rinbosari 8.000 AKSh dollari olgan vaqtida ushlangan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan hamda tergov harakatlari olib borilmoqda», – deya Kun.uz'ga ma'lum qildi bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov.
Bir necha kun avval Andijon viloyati prokuraturasida mas'ul lavozimda ishlovchi shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 15 000 AQSh dollari olgan vaqtda qo‘lga olingani xabar berilgan edi.
Shuningdek, DXX Jizzax viloyatida tuman prokurorini 2 ming dollar pora bilan, Samarqand viloyatida tuman prokurori o‘rinbosarini 10 ming dollar pora bilan qo‘lga olgandi.
Sentabr oyida jamoatchilikka ochiqlangan bu holatlar aynan qaysi tumanlarda ro‘y bergani hozirgacha noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid

19:27 / 21.04.2025
Farg‘onadagi xususiy klinikaga burun operatsiyasi uchun borgan departament xodimi vafot etdi

12:36 / 26.03.2025
Toshkent shahar FVB boshlig‘i o‘rinbosari qamoqqa olindi

11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi

12:10 / 05.03.2025