Toshkentda shar sotib yurgan 9 yoshli bolaning otasi jarimaga tortildi
Internet tarmog‘ida tarqalgan xabarlardan birida fuqaro ko‘chada havo sharlarini sotayotgan yosh bolaga e'tibor qaratib, ushbu holatdan xavotirda ekanligini bildirgan. Toshkent shahar IIBB ma'lum qilishicha, mazkur fakt bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi.

Foto: IIBB axborot xizmati
Ma'lum bo‘lishicha, 2021 yilning 20 noyabr kuni umumta'lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi, 9 yoshli Sh.F. haqiqatan ham Yunusobod tumani Billur mahallasida havo sharlarini sotish maqsadida yurgan.
Qayd etilishicha, shu holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari bolaning otasi – 34 yoshli N.F. bilan bog‘lanishdi.
Fuqaro bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, so‘ng unga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi.
Mavzuga oid

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025
Toshkentda yo‘l talashgan Spark haydovchisi temir bilan Matiz haydovchisini urdi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

13:34 / 21.03.2025