O‘zbekistonda jinoiy javobgarlikka tortishning eng kichik yoshi 14 yosh etib belgilandi

Foto: Kun.uz
“Bola huquqlarining kafolatlarini ta'minlash tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, kiritilgan o‘zgartirishlar bilan 13 yoshga to‘lgan shaxslarning jinoiy javobgarlikka tortilishi bekor qilindi.
Ilgari 13 yoshga to‘lgan shaxslar javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Shunga ko‘ra, jinoiy javobgarlikka tortish 14 yoshdan boshlanadi.
16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddiy qimmatliklar berish yoxud mulkiy manfaatdor etish orqali sodir etilganda og‘irlashtiruvchi holat sifatida belgilandi.
Voyaga yetmagan guvoh yoki jabrlanuvchini so‘roq qilishda pedagog bilan bir qatorda psixolog ham qatnashishi belgilandi.
Mavzuga oid

11:56
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

10:32 / 10.06.2025
Rossiya hukumati «chet el agenti» to‘g‘risidagi qonunni kuchaytirishni ma’qulladi

10:23 / 10.06.2025
Fuqarolar huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolati kuchaytiriladi

13:53 / 07.05.2025