Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi

Foto: Getty Images
Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qo‘shimcha vazifalar belgilandi.
Agentlikda unga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni moliyalashtirishga ko‘maklashuvchi, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab agentlik quyidagi huquqlardan foydalanadi:
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarning elektron ma'lumotlar bazalaridan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga doir ma'lumotlarni olish;
- tadqiqotlar va ma'muriy surishtiruvlar o‘tkazish hamda tahliliy materiallar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhlarini tuzish;
- huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jinoyat ishini qo‘zg‘atish yoki boshqa ta'sir choralarini ko‘rish uchun korrupsiya faktlari to‘g‘risidagi xabarlarni yuborish va ushbu xabarlarni tekshirish natijalari bo‘yicha qabul qilingan qaror to‘g‘risida ma'lumotni talab qilib olish;
- ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar bo‘yicha ishni ko‘rib chiqayotgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda matbuot anjumanlari o‘tkazish.
Agentlik tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda korrupsiyaviy jinoyatlar borasida jamoatchilik xabardor qilinishining quyidagi tartibi o‘rnatiladi:
- ommaviy rezonans va turli bahs-munozaralarni keltirib chiqargan korrupsiyaga oid faktlar aks etgan xabarlar bo‘yicha - 10 kun muddatda;
- boshqa korrupsiyaviy jinoyat va huquqbuzarliklar to‘g‘risida - hamkor organlar bilan kelishuvga ko‘ra har chorak yoki yarim yillik yakunlari bo‘yicha;
- korrupsiyaga oid jinoyatchilik holati, tendensiyalari, sodir bo‘lish sabab va shart-sharoitlari, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida - yil yakuni bo‘yicha.
Quyidagilar tasdiqlandi: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom; Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Mavzuga oid

22:41 / 10.04.2025
Jamoatchilik fikri: ijtimoiy tarmoqdagi kommentlar real hayot in’ikosimi?

13:15 / 01.04.2025
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi

11:33 / 19.03.2025
Germaniyada o‘zbek bolalariga tibbiy yordam ko‘rsatishga mo‘ljallangan jamg‘arma tashkil etildi

12:21 / 18.03.2025