Braziliyalik siyosatchilar ringda munosabatlarni oydinlashtirishga qaror qildi

Foto: Videodan kadr
Braziliyalik ikki siyosatchi o‘zaro munosabatlarni ringda oydinlashtirishga qaror qildi. Ikki erkak bir-biridan alamini shunday yo‘l bilan olmoqchi bo‘lgan, deb xabar berdi LADBible nashri.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ringda Borba shahri meri Simau Peyshotu va uni samarasiz boshqaruvda ayblagan sobiq maslahatchisi Erineu Alvesh da Silva to‘qnash kelgan. Bundan tashqari, da Silva o‘z “raqibi”ni bir necha marta “ablah” deb atagan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu jangga 17 dollardan chiptalar ham sotilgan. Jang maktab sport zalida bo‘lib o‘tgan va 13 daqiqa davom etgan. Uchta raunddan keyin mer o‘zining sobiq maslahatchisi zarbalaridan bazo‘r oyoqda turgan bo‘lsa-da, g‘alaba unga berilgan. Antiqa jangga yig‘ilganlar bunday qarordan norozilik bildirishgan.
“Men ko‘cha jangchisi emasman, men merman. Biroq kimdir men bilan urishmoqchi bo‘lsa, bunga tayyorman. Chunki men hamisha g‘olib bo‘lganman”, deb izoh bergan o‘z g‘alabasiga Peyshotu.
Mavzuga oid

22:57 / 26.03.2025
Braziliya sobiq prezidenti Jair Bolsonaru davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi bo‘yicha sud qilinadi

11:51 / 26.03.2025
Argentina Braziliyaga 4 ta gol urdi. Messi va jamoa titulni himoya qiladi

22:03 / 19.03.2025
Braziliyadagi ko‘rshapalaklarda yangi koronavirus topildi

23:15 / 12.03.2025