Qoraqalpog‘istondagi 76 ta xususiy bog‘cha yopilishiga issiqlik tizimidagi muammolar sabab bo‘lmagani ma’lum bo‘ldi

Foto: Fotolia
Bir muddat oldin Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva Qoraqalpog‘istondagi 76 ta xususiy bog‘cha issiqlik tizimidagi muammolar sabab yopilgani haqida xabar bergandi. Holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qoraqalpog‘istonda shu kungacha 41 ta xususiy bog‘chada O‘zbekiston maktabgacha ta’lim vazirligi bilan tuzilgan 3 yillik muddat yakuniga yetgan. Shu sababli ishbilarmonlarning arizasiga ko‘ra, shartnomalar bekor qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, 2021 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, yana 44 ta xususiy bog‘cha ikki taraflama shartnomada ko‘rsatilgan 3 yillik muddat yakuniga yetish arafasida. Shu sababli ishbilarmonlarning arizasiga ko‘ra, shartnomalar bekor qilinishga yaqin turibdi.
Aniqlik kiritilishicha, yuqoridagi xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotlarining yopilishiga issiqlik tizimidagi muammolar sabab bo‘lmagan.
Ma’lumot uchun, 2021 yil Qoraqalpog‘istonda 85 ta xususiy bog‘cha ochish bo‘yicha Maktabgacha ta’lim vazirligiga taklif berilgan.
Mavzuga oid

19:19 / 24.04.2025
Bolalari muntazam kaltaklangani aytilgan “Tanzilandiya” xususiy bog‘chasining litsenziyasi bekor qilindi

08:14 / 11.04.2025
Qoraqalpog‘istonda Isuzu va DAF yuk mashinalari to‘qnashdi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

20:29 / 06.04.2025