Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarga kontrakt pulini to‘lash muddati uzaytirildi
2021/2022 o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022 yilning 20 yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi.
Kollej va texnikumlarga kirish imtihonlari yakuni bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga 2021/2022 o‘quv yilida o‘qish uchun belgilangan to‘lovlarning kamida 50 foiz miqdorini to‘lash muddati 2022 yilning 20 yanvarigacha (shu kuni ham) etib belgilandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, kollej va texnikumlarga kirish test sinovlarida ishtirok etib, o‘qishga tavsiya etilmagan abituriyentlarga istisno tariqasida imtihon topshirgan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan kasb yoki mutaxassisliklarning vakant o‘rinlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishga ruxsat etildi.
Avvalroq OTMlarda kontrakt to‘lash muddati 31 dekabrgacha uzaytirilgandi.
Mavzuga oid

14:55 / 26.07.2025
Bitiruvchilarni texnikumga qabul qilish muddati 10 avgustga qadar uzaytirildi

09:41 / 15.07.2025
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi

14:13 / 02.07.2025
Endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

14:49 / 01.07.2025