Avstraliya bosh vaziri Novak Jokovichga ultimatum qo‘ydi
Skott Morrison Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjatni kutayotganini aytdi.

Skott Morrison va Novak Jokovich / Foto: Getty Images
Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison Novak Jokovich koronavirusga qarshi emlanishi mumkin emasligi to‘g‘risidagi shifokorlar xulosasiga nisbatan fikr bildirdi, deb yozmoqda Daily Mail.
U Jokovich emlanishi mumkin emasligini tasdiqlovchi hujjatni kutayotganini aytib, sportchiga ultimatum qo‘ydi.
«Buning tasdig‘ini kutamiz. Agar bu yetarlicha ishonarli bo‘lmasa, u ham boshqalar kabi birinchi samolyotda uyiga jo‘naydi», — dedi Morrison.
4 yanvar kuni Jokovich koronavirusga qarshi emlanmagan bo‘lishiga qaramasdan Australian Open musobaqasida qatnashishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi. U Viktoriya shtati hukumatidan maxsus ruxsatnoma olgan.
Australian Open 17 yanvardan 30 yanvargacha bo‘lib o‘tadi. Jahonning birinchi raketkasi Jokovich musobaqaning amaldagi g‘olibi hisoblanadi.
Mavzuga oid

01:16 / 24.04.2025
Avstraliyada yuzlab koalalar vertolyotdan turib o‘qqa tutildi

23:24 / 01.04.2025
Avstraliyada suv toshqinlari oqibatida 100 mingdan ortiq chorva nobud bo‘ldi

15:21 / 29.03.2025
Avstraliyaning olis shahridagi yagona shifokor ishdan ketyapti. Yangi nomzodlarga 400 ming dollar maosh taklif etilmoqda

14:40 / 14.03.2025