Lukashenko qozog‘istonlik namoyishchilarga: «Hammasi jiddiylashib ketmasidan kelishib olish kerak»

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko qozog‘istonlik namoyishchilarga murojaat qildi. U muzokaralar stoliga o‘tirish lozimligi, To‘qayev bilan kelishish mumkinligini aytdi.
«Belarus nomidan ba’zilar bandit deb ham atayotgan qozog‘istonlik namoyishchilarga murojaat qilmoqchiman: shovqin ko‘tardingiz, to‘polon qildingiz, endi bas qiling. Hammasi jiddiylashib ketmasidan kelishib olish kerak. Bu prezident bilan kelishsa bo‘ladi. U aqlli, diplomat odam.
Qozog‘istonliklar tushunishi kerakki, bu ularning davlati, boshqa davlat bo‘lmaydi. Davlatni ag‘dargandan keyin uni yana tiklash kerak bo‘ladi. Xalq tili bilan aytganda, paydo bo‘lgan yoriqni yopish uchun harbiylar oldiga bosh urib borish va kechirim so‘rab, hukumat bilan muzokaralar stoliga o‘tirish kerak.
Bu biz uchun navbatdagi dars bo‘ldi. Biz bilan nimalar bo‘lishi mumkin bo‘lganini tushunib yetdik», dedi Lukashenko.
Mavzuga oid

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025
Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston chigirtkalarga qarshi kurashda birlashadi

10:10 / 09.06.2025