Qozog‘istonga xorij fuqarolarining kirishi vaqtinchalik to‘xtatildi
Mamlakatda 19 yanvarga qadar favqulodda holat rejimi joriy etilgan.

Foto: RIA Novosti
Qozog‘istonda favqulodda vaziyat e’lon qilinganligi sababli mamlakatga xorij fuqarolarining kirishi vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda RIA Novosti Qozog‘istonning Toshkentdagi elchixonasi vakiliga asoslanib xabar berdi.
"Favqulodda holat e’lon qilingani munosabati bilan hozircha Qozog‘iston hududiga xorij fuqarolarining kirishi to‘xtatildi. Xususan, piyoda, aviaparvoz yoki boshqa turdagi transport orqali ham", - degan elchixona vakili.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonda 2 yanvarda boshlangan norozilik namoyishlari ommaviy tartibsizliklarga aylanib ketdi.
Mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda favqulodda holat e’lon qildi.
Avvalroq Qozog‘istonda tartibni saqlash va obektlarni qo‘riqlashda yordam berish uchun KXShT tinchlikparvar kuchlari yetib kelgani xabar qilingandi. Tinchlikparvar kuchlar tarkibiga Rossiya, Belarus, Armaniston, Tojikiston va Qirg‘iziston qurolli kuchlari bo‘linmalari kiritilgan.
Mavzuga oid

16:25
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

13:22 / 11.06.2025
Qozog‘iston sobiq mudofaa vaziri qo‘lga olingani haqidagi xabarni rad etdi

17:12 / 09.06.2025