Sirdaryoda hokimning ukasi akasi ishlayotgan tumanda hokim yordamchisi bo‘ldi
Sirdaryo tumani hokimining ukasi akasi ishlayotgan tumanda hokim o‘rinbosari bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati yangiliklarini yorituvchi “Sirdaryo Xabarlari” kanalida xabar berilishicha, Sirdaryo viloyatida to‘rt nafar bank filiali boshqaruvchisi “Hokim yordamchisi” lavozimiga tayinlangan.
Ular:
- “Agro bank” Boyovut tumani boshqaruvchisi Yuldashev Jamshid Jumaboyevich (Boyovut tumani Mirishkor mahallasi);
- “Agro bank” Guliston tumani boshqaruvchisi Bekboyev Zuhriddin Jahongirovich (Guliston tumani Soyibobod mahallasi);
- “Xalq banki” Oqoltin tumani boshqaruvchisi Boyto‘rayev Zafar Mavlonovich (Oqoltin tumani Obod mahallasi);
- “Mikrokreditbank” Sirdaryo tumani boshqaruvchisi Mirzaqulov Olimjon Kazakbayevich (Sirdaryo tumani Oq yo‘l mahallasi).
Ma’lumot uchun, Sirdaryo tumani hokimi Mirzaqulov Botirjon Kazakbayevich. Endi uning ukasi Mirzaqulov Olimjon Kazakbayevich shu tumandagi Oq yo‘l mahallasida hokim yordamchisi vazifasida ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil noyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda hokim yordamchisi lavozimiga o‘tishga birinchi navbatda bank filiallari rahbarlari majburlanayotgani haqida postlar qo‘yilgan va bu keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025
Sirdaryoda 28 nafar bolani olib ketayotgan Damas haydovchisiga chora ko‘rildi

20:04 / 18.04.2025