Nazarboyevning ikki kuyovi yuqori lavozimlaridan ozod qilindi
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning ikki kuyovi neft-gaz sohasidagi milliy kompaniyalar rahbarligidan bo‘shatildi.

Foto: TASS
Qozog‘istonning “KazTransOyl” va “Qazaqgaz” (avvalgi nomi “KazTransGaz”) kompaniyalari rahbarlari Dimash Dosanov va Qayrat Sharipbayev lavozimlaridan ozod etildi. Bu haqda 15 yanvar kuni har ikkala korxona aksiyalariga egalik qiluvchi “Samruk-Qazina” fondi ma’lum qildi.
Dimash Dosanov 2015 yilda Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyevaga uylangach, 2016 yilda “KazTransOyl” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan edi.
Qayrat Sharipbayev esa, qozoq OAVdagi ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi prezidentning to‘ng‘ich qizi Darig‘a Nazarboyevaning ikkinchi eri hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istondagi norozilik namoyishlaridan so‘ng, Nursulton Nazarboyev egallab kelgan Xavfsizlik kengashi raisi lavozimi prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayevga o‘tdi.
Prezident namoyishlar fonida hukumatni yangiladi; Milliy xavfsizlik qo‘mitasi raisi va uning ikki o‘rinbosari lavozimidan bo‘shatilib, hibsga olindi. 15 yanvar kuni, shuningdek, energetika vazirining sobiq o‘rinbosarlaridan biri ham qamoqqa olindi.
Mavzuga oid

08:43
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

23:14 / 22.04.2025
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi

19:56 / 22.04.2025