Qozog‘istondagi tartibsizliklar oqibatida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar soni ma’lum qilindi
Qozog‘istonda yuz bergan tartibsizliklar davomida 4,5 mingdan ziyod kishi jabrlangan, morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan. Bu haqda Qozog‘iston bosh prokuraturasi vakili Serik Shalabayev ma’lum qildi.

Foto: Reuters
"Bugungi kun holatiga 4578 nafar inson jabrlangani aniqlangan, ulardan 4353 nafari jarohatlangan, jumladan, 3393 nafar kuch ishlatish tuzilmalari xodimlari. Favqulodda holat davrida morglarga 225 kishining jasadi olib kelingan", - dedi Shalabayev.
Uning qo‘shimcha qilishicha, halok bo‘lganlarning 19 nafari politsiya xodimlari va harbiylardir.
Qozog‘iston huquq-tartibot organlari tomonidan 446 kishi qo‘lga olingan.
Shalabayevning ma’lumot berishicha, tergov-operativ guruhi tomonidan 546ta jinoyat ishi o‘rganilmoqda, xususan, ularning 44tasi terrorizm, 34tasi ommaviy tartibsizliklar, 15tasi qotillik ishlariga aloqador.
Mavzuga oid

21:22 / 25.04.2025
Qozog‘iston superkompyuter yaratishga 40-50 mln dollar sarflaydi

08:43 / 25.04.2025
Qozog‘istonda Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rilayotgani rad etildi

07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi

23:14 / 22.04.2025