Navoiyda 22 mln so‘mlik qo‘ylarni o‘g‘irlab ketgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: Tergov departamenti
Nurota tumanida 24 yoshli yigit jami bahosi 22 mln so‘m bo‘lgan qo‘ylarni o‘g‘irlab, 13 mln so‘mga sotib yubordi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 23 yanvar kuni soat 18:00larda Nurota tumanida yashovchi, 24 yoshli S.Z. tumanning Yangibino qishlog‘i dasht hududidan fuqaro T.R.ga tegishli, umumiy bahosi 22 mln so‘m bo‘lgan 21 bosh qo‘y va 1 bosh echkini haydab ketgan. Olib borilgan tezkor-tergov harakatlari natijasida S.Z. o‘g‘irlagan chorva mollarini Oqmachit mahallasida yashovchi fuqaroga 13.6 mln so‘mga sotib yuborganligi aniqlangan. Ushbu fuqarodan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan 22 bosh mol ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Nurota tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan S.Z.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

00:00 / 10.06.2025
Navoiy viloyati uchun Xitoydan 60 ta avtobus olib kelindi

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025