Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amir Temur «o‘lim otasi» sifatida ta’riflangan videorolikka rasmiy munosabat bildirildi
Amir Temur qonxo‘r sifatida ta’riflangan «Indiana Jons O‘zbekistonda» nomli videorolik Turizm va sport vazirligi tashabbusi bilan tasvirga olinmagan.

Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan «Indiana Jons O‘zbekistonda» nomli videorolik o‘zbek jamoatchiligi tomonidan tanqidlarga uchradi.
Unda Amir Temur «o‘lim otasi», dunyodagi eng mashhur bosqinchilardan biri sifatida ta’riflangan. Shuningdek, uning qo‘lida 17 milliondan ortiq odam halok bo‘lgani, bu esa XIV asrda Yer yuzidagi barcha aholining 5 foizini tashkil etishi ma’lumot sifatida keltirilgan.
Turizm va sport vazirligi axborot xizmati holatga munosabat bildirib, ushbu videorolik vazirlik tashabbusi bilan tasvirga olinmaganini ma’lum qildi.
«Vazirlik videorolik avvalida sohibqiron Amir Temur haqida aytilgan fikrlarga xayrixoh emas. Shunday bo‘lsa-da, qayd etish joizki, videoroliklarda tomoshabinning e’tiborini jalb qilish uchun ham “badiiy to‘qima” qo‘llangan bo‘lishi mumkin, bu auditoriyani jalb qilish maqsadida tez-tez ishlatiladigan uslubdir. Videorolikning o‘zini umumiy oladigan bo‘lsak, bu kabi videolar mamlakatimizning turistik salohiyatini targ‘ib qilishda ijobiy xizmat qiladi.
Shunday ekan, OAV vakillari va blogerlarni odamlarni chalg‘ituvchi, haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatmaslikka, savol tug‘ilgan taqdirda vazirlik matbuot xizmatiga murojaat qilib aniqlik kiritishga chorlab qolamiz», deyiladi munosabatda.
Ma’lumot uchun, ushbu videorolikning prodyuseri bir muddat Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi lavozimida ishlagan Behruz Hamzayev (Mike Jones) hisoblanadi.
Mavzuga oid

16:17 / 23.05.2025
Netflix Amir Temur haqidagi filmni suratga oldi

08:35 / 22.02.2025
Amir Temur ko‘chasida Cobalt piyodani urib yubordi

19:29 / 11.04.2023
Turkiyada kino rivoji, tanqidlar, “Mendirman Jaloliddin” va Amir Temur haqidagi yangi film – Mehmet Bo‘zdog‘ bilan intervyu

17:25 / 02.02.2023