Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Xitoy va Pokiston yetakchilari bilan uchrashdi
Qishki Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Xitoy poytaxti Pekinga tashrif buyurgan prezident Shavkat Mirziyoyev xorijiy davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati
5 fevral kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va mezbon Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jingpin boshchiligida ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Shu kuni, Pokiston bosh vaziri Imron Xon bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Rasmiy uchrashuvlar bo‘yicha boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Olimpiadaning ochilish marosimi doirasidagi umumiy tadbirlarda Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Misr prezidentlari va BMT bosh kotibi, shuningdek, yana bir qator siyosatchilar bilan qisqa muloqotda bo‘ldi.
Mavzuga oid

09:47
O‘zbekiston va Pokiston fuqarolarga viza rasmiylashtirish jarayonini soddalashtiradi

13:58 / 23.07.2025
O‘zbekiston va Pokiston mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

14:16 / 21.07.2025
O‘zbekiston Pokistondagi neft va gaz konlarini qidirishga jalb etilishi mumkin

11:49 / 21.07.2025