Jizzaxda 350 mln so‘m kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan korxona rahbari ushlandi
Jizzax shahrida kredit mablag‘ini talon-toroj qilgan MChJ rahbari aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan «Qishloq qurilish bank» Jizzax mintaqaviy filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda «A.G.» MChJga bank filialidan korxonaning «Ohak ishlab chiqarish texnologik liniyasini rekonstruksiya qilish» maqsadida ajratilgan 350 million so‘m kredit mablag‘ini MChJ rahbari «W.M.» MChJga o‘tkazish orqali naqdlashtirib olib, talon-toroj qilgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

21:26 / 15.04.2025