Sirdaryoda gaz quyish shoxobchasida turgan Damas mashinasining gaz balloni portlab ketdi
Ma’lum bo‘lishicha, Damas mashinasidagi gaz balloni bosimni ko‘tara olmagan va portlab, yorilgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining xabar berishicha, 2022 yil 13 fevral kuni soat 15:20 larda Yangiyer shahar «Temur Malik» MFYda joylashgan avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida Damas mashinasining gaz balloni portlab ketgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, shoxobchada siqilgan gaz to‘ldirish vaqtida fuqaro Z.Jumayev boshqaruvidagi davlat raqami 20R551CA bo‘lgan Damasdagi gaz ballon bosimni ko‘tara olmagan va portlab ketib yorilgan.

Hodisa oqibatida gaz quyish shoxobchasiga jiddiy zarar yetmagan, yong‘in sodir bo‘lmagan hamda hech kim tan jarohati olmagan. Holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Shu o‘rinda barcha haydovchilardan avtotransport vositalarini o‘z vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

20:24 / 05.05.2025
Sirdaryoda ikki yilda 20 ming gektar yerni qayta foydalanishga kiritish rejalashtirildi

16:46 / 05.05.2025