Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda pora evaziga baliq yetishtirish ko‘lini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Qoraqalpog‘istonda baliq yetishtirish ko‘lini sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda DXX hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.
Unda X.Q. “Sh.” fermer xo‘jaligining baliq yetishtirishga mo‘ljallangan 200 gektar yer maydoni hamda baliq saqlash ko‘lini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 250 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin Qo‘ng‘irotda mahkumni 10 ming dollar evaziga ozodlikka chiqarib bermoqchi bo‘lgan firibgar ushlangandi.
Mavzuga oid

12:13
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

11:42 / 07.08.2025
Toshkent viloyatida Latviyaga ishga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

14:40 / 21.07.2025
Rossiya mudofaa vaziri sobiq o‘rinbosari ishida - pora bo‘yicha yana 2 ta epizod

12:29 / 18.07.2025