Turkmanistondagi prezidentlik saylovida Serdar Berdimuhamedovning g‘alabasi e’lon qilindi
Qolgan nomzodlar 1 foizdan 11 foizgacha ovoz to‘plashgan.

Foto: Getty Images
Turkmaniston vitse-premer Serdar Berdimuhamedov — amaldagi davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovning o‘g‘li — mamlakatning yangi saylangan prezidenti sifatida tan olindi. Bu haqda davlat axborot agentligi «Turkmenistan segodnya» xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning saylangan prezidenti Serdar Berdimuhamedovni saylovda qozongan ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi.
Mamlakat markaziy saylov komissiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 12 mart kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi saylovda Berdimuhamedov 72,97 foiz ovoz to‘plagan.
Saylovlarda jami 9 nafar nomzod ishtirok etgan. Serdar Berdimuhamedovdan boshqa nomzodlarning to‘plagan ovozlari 1 foizdan 11,09 foizgacha bo‘lgan:
- Perxat Begenjov (Lebap viloyatidagi maxsus moliya-iqtisodiyot maktabi direktori) — 2,02 foiz;
- Og‘ajon Bukmiradov (Mariy viloyati hokimi o‘rinbosari ) — 7,22 foiz;
- Serdar Berdimuhamedov (Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari) — 72,97 foiz;
- Berdimammet Kurbanov («Awaza» sanatoriysi bosh shifokori, Turkmaniston Majlisi deputati) — 2,22 foiz;
- Babamurat Meredov («Wepaly gurluşyk» qishloq xo‘jaligi jamiyati direktori) — 1,08 foiz;
- Xidir Nunnayev (Turkmaniston jismoniy madaniyat va sport instituti prorektori ) — 11,09 foiz;
- Maksat Odeshov (Turkmaniston demokratik partiyasi Toshhovuz viloyati Saparmurod Turkmanboshi etrapi qo‘mitasi rahbari ) — 1,15 foiz;
- Maksatmurad Ovezgeldiyev (Axal viloyati Babadayxon etrapi sanitar-epidemiologik xizmati rahbari ) — 1,16 foiz;
- Kakageldi Sariyev (Turkmaniston davlat energetika instituti «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» ishlab chiqarish markazi direktori) — 1,09 foiz.
Serdar Berdimuhamedovning inauguratsiya marosimi 19 mart kuni «O‘g‘uzxon» prezident saroyi majmuasida o‘tkaziladi.
Turkmanistonda prezidentlik muddati 7 yil hisoblanadi.
Saylovlarda 3 362 052 kishi qatnashgan, bu ro‘yxatga olingan saylovchilarning 97,17 foizi degani.
Mavzuga oid

18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi

14:31 / 24.04.2025
Turkman xalqining milliy yetakchisi «Oliy Darajali Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

14:15 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda muzokara o‘tkazdi

07:30 / 24.04.2025