Jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudi raisining ishdan olinishi sababi aytildi
Ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan namanganlik sobiq profilaktika inspektorining ishini ko‘rib chiqayotgan sudya nafaqaga chiqishiga atigi 6 oy qolganida sudyalikdan chetlatilgan edi.

Kun.uz muxbiri Sudyalar oliy kengashi vakillaridan jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahri sudi raisi Baxtiyor Tavakkalovning ishdan bo‘shatilish sababi haqida so‘radi.
Kengash raisining o‘rinbosari Alisher Jalilovning ma’lum qilishicha, sudda ishlamaydigan xodimning sud majlisiga kiritilib, sud protsessini tashkil etishda undan foydalanilgani sud raisining lavozimidan bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan.
“Sudyaning sudyalik qasamyodini buzganlik holatlari va odil sudlovni tashkil qilishda xatolikka yo‘l qo‘ygani sababli Namangan viloyati sudlari malaka hay’ati tomonidan sudyalik vakolatini muddatidan oldin tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan”, – dedi Alisher Jalilov 28 mart kungi matbuot anjumanida.
Ma’lumot uchun, ichki ishlar vaziriga murojaat qilgan namanganlik sobiq profilaktika inspektori Sardorbek Otaboyev ishini ko‘rib chiqayotgan sudya Baxtiyor Tavakkalov nafaqaga chiqishiga atigi 6 oy qolganida sudyalikdan chetlatilgandi.
Kun.uz manbalariga ko‘ra, uning ishdan bo‘shatilishiga shu sudda sudya yordamchisi bo‘lib ishlagan shaxs 700 dollar pora olayotganida qo‘lga tushgani sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid

09:41 / 16.05.2025
Maktab o‘rniga “dom”, 167 jabrlanuvchi. Toshkentda “novostroykachi”larga nisbatan yirik sud ishi boshlandi

10:36 / 15.05.2025
Rossiya sudlari bazasidan kiberhujumdan keyin 89 mln ish yo‘qolib qoldi

19:33 / 14.05.2025
Britaniyada 38 yil qamoqda nohaq o‘tirgan erkak oqlandi

23:27 / 12.05.2025