Kattaqo‘rg‘on shahar kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi bosh mutaxassisi marixuana va pora bilan ushlandi
Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bosh mutaxassisi pora bilan qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Foto: IIB axborot xizmati
Qayd etilishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi, viloyat IIB hamda viloyat departament xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Samarqand viloyati Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi bosh mutaxassisi, 1992 yilda tug‘ilgan J.R. fuqaroga Kattaqo‘rg‘on shahrida qurilayotgan yangi 12 qavatli uylardan 3 xonali xonadonni davlat tomonidan ajratiladigan subsidiya hisobida sotib olishi uchun bazaviy ro‘yxatga qo‘shishi va subsidiya ajratib berishi evaziga 1200 dollar miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtida ushlangan.
Shuningdek, J.R.ga nisbatan o‘tkazilgan shaxsiy tintuv vaqtida uning yonidan taxminan 5-10 gramm miqdoridagi marixuana giyohvandlik moddasi, 300 dollar pul mablag‘i hamda giyohvandlik vositasini iste’mol qilish uchun mo‘ljallangan moslama topilgan.
Ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

12:36 / 24.04.2025
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Mun Je In poraxo‘rlikda ayblandi

10:53 / 22.04.2025
Jomboy tumani FVB boshlig‘i pora bilan ushlandi

16:17 / 11.04.2025
Kadastr agentligi Andijon tumani bo‘limi sobiq boshlig‘i ushlandi

16:39 / 18.03.2025