Jizzaxda o‘qituvchilarni attestatsiya test sinovidan o‘tkazib qo‘yishni aytib pul olgan markaz uslubchisi ushlandi
U ikki nafar o‘qituvchini tanishlari yordamida attestatsiya test sinovlaridan o‘tkazib berish evaziga 1 200 dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Prokuratura departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi bo‘lim uslubchisi B.I. maktab o‘qituvchilari O.T. va Sh.Q.ni malaka toifasi olish uchun o‘tkazilayotgan attestatsiya test sinovlaridan tanishlari yordamida o‘tkazib berish evaziga 1 200 dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

15:41 / 28.04.2025
Bahorgi attestatsiyadan boshlab ayrim pedagoglarga 70 foizlik ustama to‘lanadi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

11:58 / 25.04.2025
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

08:35 / 25.04.2025