Paxtaobod tumanida zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan irrigatsiya va kadastr bo‘limi xodimlari ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti
Ular tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, pulni olayotganda qo‘lga tushgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Departament hamda DXXning Paxtaobod tuman bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tezkor tadbirda, tuman irrigatsiya bo‘limi texnik-gidrotexnigi Sh.D. fuqaro G.ga tuman hokimligi zaxirasidagi 10 sotix yer maydonini uy-joy qurish uchun 10 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, yer maydoni hujjatlarini Kadastrlar palatasi Paxtaobod tumani filiali muhandisi vazifasida ishlovchi ukasi N.D. orqali tayyorlab berishni va’da qilib, xizmat haqi 100 AQSh dollari bo‘lishini aytgan. Ular 10 100 AQSh dollarini ukasi N.D. bilan birgalikda olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Andijonda temiryo‘l stansiyasi tasarrufidagi yerni sotib yubormoqchi bo‘lgan stansiya boshlig‘i ushlanganligi xabar qilingan edi.
Mavzuga oid

09:48 / 14.08.2024
Andijonda Ucell xodimi kompaniyaning qariyb 450 mln so‘m pulini onlayn birjaga tikib, yutqazib qo‘ydi

17:18 / 20.06.2024
Do‘stlik bog‘i hududini noqonuniy egallab olgan qurilish kompaniyasi jarimaga tortildi

11:39 / 30.11.2023
Paxtaobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

22:36 / 24.11.2022