Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryo viloyati prokurori bosh prokurorga o‘rinbosar bo‘ldi

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati
Sirdaryo viloyati prokurori Shohrux Azamatovich Aminov O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi ma’lum qildi.
Shohrux Aminov 1981 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, huquqshunos. 2002 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi faoliyatini 2004 yilda Samarqand shahar prokuraturasida boshlab, Samarqand viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda ishlagan.
2014 yildan Bosh prokuratura boshqarma prokurori, katta prokurori, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari, boshqarma boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.
Faoliyati davomida Toshkent viloyati prokurorining o‘rinbosari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan, 2018-2020 yillarda Navoiy viloyati prokurori bo‘lgan. 2020 yil noyabrida Sirdaryo viloyati prokurori etib tayinlangandi.
Mavzuga oid

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

15:15 / 10.06.2025
Kuvayt Sirdaryoda tibbiyot yo‘nalishida loyihani amalga oshiradi

08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi

17:59 / 18.04.2025