“25 yilda 70ga yaqin uy qurdim” – tosh teruvchi usta

Navoiy viloyati Nurota tumanining ko‘plab hududlarida uylar toshdan quriladi. Hatto ayrim qishloqlarda g‘isht yoki paxsa uylarni deyarli uchratmaysiz. Xususan, Sentob qishlog‘ini “mozaikali qishloq” deyish mumkin: uylar, qo‘rg‘on devorlar o‘zgacha shaklda toshdan terib chiqilgan.
Qishloq aholisining ta’kidlashicha, tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos chiroyga ega bo‘lgan bunday uylar ular uchun ancha arzonga tushadi. Qolaversa, toshdan terilgan uy anchagina mustahkam bo‘ladi. Sentobda eng arzon qurilish materiali tosh hisoblanadi.
Hududda tosh teruvchi maxsus ustalar bor. Ularning uslubi ham turlicha. Qo‘rg‘on devor terilganida oddiy tosh va loy ishlatiladi xolos. Tsement mahsulotidan deyarli foydalanilmaydi. Bunday uylar hududning iqlim sharoitiga ham mos: yozda salqin bo‘ladi.
“25 yildan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Tosh terishni asli otamdan o‘rganganman. Otam usta bo‘lgan. 60-70 ta uy qurib berdim qishloqdagilarga. Toshdan uy qurish bizda arzonga tushadi. Tsement olib kelish va boshqa xarajatlari yo‘q. Toshni olib kelamiz, tuproq va shag‘al o‘zimizdan chiqadi. Qolaversa, mustahkam bo‘ladi. Toshni terishning ham ma’nosi bor. Bir tomonini to‘g‘rilab termasangiz bo‘lmaydi. Tosh terishda ustaning ustadan farqi bor. Shuning uchun aytganlarga boramiz, qilamiz. Farzandlarimizni shuning orqasidan boqib, o‘qitib yuribmiz”, — deydi tosh teruvchi usta Navro‘zboy O‘ljiyev.
Ma’lum bo‘lishicha, Sentobda azaldan insonlar uylarini toshdan qurishgan. Buni qishloq chetida, tog‘ ustida joylashgan tarixiy qo‘rg‘on qoldiqlarida ko‘rish mumkin.
Ruslan Saburov, Kun.uz muxbiri.
Montaj ustasi – Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
-
Rossiyada 2008 yildan beri eng yuqori kadrlar tanqisligi qayd etildi
Jahon | 09:40
-
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak
Jahon | 09:33
-
Qamchiq dovonida “Vaz-2106” avtomobili xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat | 08:50
Mavzuga oid

14:00 / 06.05.2024
Nurotada jarlikka tushib ketgan cho‘pon qutqarildi

10:58 / 06.04.2024
Navoiyda 94 yoshli fuqaroga “metrika” berildi

20:48 / 31.03.2023
Qadimiy qo‘rg‘onlar saqlangan qishloq - Sentob | Manzil

14:00 / 18.03.2023