Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qalbaki pasportlar bilan chet elga chiqishga uringan Shri-Lanka fuqarolariga sud hukmi o‘qildi
Qalbaki pasportlar bilan O‘zbekistondan chet elga chiqishga uringan xorijiy fuqarolarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Foto: Bosh prokuratura
Joriy yil 8 aprel kuni Shri-Lankaning 8 nafar fuqarosi Fransiya va Italiya qalbaki pasportlari asosida Toshkent-London yo‘nalishi bo‘yicha uchmoqchi bo‘lganida chegara nazorati xodimlari tomonidan to‘xtatilib, reysdan qoldirilgan.
Bu holat bo‘yicha tayinlangan ekspertiza xulosasiga ko‘ra, chet el fuqarolaridagi 2 ta Italiya va 6 ta Fransiya davlatining pasportlari qalbaki ekanligi aniqlangan.
Holat yuzasidan Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 223 (qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekistonga kirish) va 228-moddalari (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.

Tergov natijasiga ko‘ra, 8 nafar shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinib, jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudining hukmi bilan sudlanuvchilarga tegishli jazolar tayinlangan, deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura sudlanuvchilarga tayinlangan jazo haqida boshqa ma’lumot bermagan.
Mavzuga oid

08:03 / 30.07.2025
O‘zbekiston Shri-Lanka bilan birga choy mahsulotlari ishlab chiqarishi mumkin

12:06 / 29.07.2025
Shri-Lanka O‘zbekistonga o‘z portlaridan foydalanishni taklif qildi

15:08 / 11.05.2025
Shri-Lankada avtobus jarlikka qulashi oqibatida 21 kishi halok bo‘ldi

18:35 / 09.05.2025