Tayvanda Xitoyning hujum qilish ehtimoli hisobga olingan holda harbiy mashg‘ulotlar boshlandi
Mashg‘ulotlarda harbiy operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi.

Foto: AFP
Tayvan harbiylari Xitoy armiyasi orolga hujum qilishi ssenariysi bo‘yicha qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari boshlandi. Bu haqda South China Morning Post (SCMP) nashri xabar berdi.
Tayvan mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, mashg‘ulotlarda harbiy operatsiyalar birlashgan qo‘mondonligi, quruqlik, harbiy-havo va harbiy-dengiz kuchlari ishtirok etadi.
Han Kuang deb nomlanuvchi qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari har yili o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarning ikkinchi bosqichi 25 iyulda boshlanadi. Unda jangovar o‘q otishlar bo‘lib o‘tadi, Stinger va Javelin raketa majmualaridan foydalaniladi.
Ma’lumot berilishicha, qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari Xitoyning «Lyaonin» aviatashuvchi kemasi ishtirokidagi zarba beruvchi guruh mashg‘ulotlari fonida o‘tkazilmoqda.
Pekin Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi deb hisoblab keladi.
Mavzuga oid

17:41 / 01.04.2025
Xitoy Tayvan yaqinida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarini boshlab, orol prezidentini «parazit» deb atadi

18:19 / 28.03.2025
Tayvan Xitoyning yirik kompaniyasini sanoat josusligida ayblamoqda

14:33 / 27.03.2025
Tayvan harbiy-dengiz kuchlari kemasi Xitoy kemasi bilan to‘qnashib ketdi

11:56 / 24.03.2025