Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zoyir Mirzayev jurnalist va blogerlar guvohligida haydovchilik imtihonidan o‘tdi
Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Ohangarondagi imtihon markazi ochilishida haydovchilik bo‘yicha amaliy imtihon topshirib ko‘rishga qaror qildi va undan muvaffaqiyatli o‘tdi. Viloyat rahbari ruxsat etilgan 99 balldan 85 jarima ballini qayd etdi.

Foto: Toshkent viloyati imtihon markazi
Bugun, 9 iyun kuni Ohangaron tumanida haydovchilik guvohnomasi uchun sinovlar o‘tkaziladigan “Toshkent viloyati imtihon markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, loyiha tashabbuskori Komil Allamjonov, IIV YHXBB boshlig‘ining o‘rinbosari Murod Sherliyev, jurnalistlar va blogerlar qatnashdi.
Tadbir ishtirokchilariga haydovchilikdagi bilim va tajribasini sinab ko‘rish uchun imkoniyat yaratildi. Bundan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham chetda turmadi: u amaliy sinovda 12 ta vazifani bajarib, imtihondan o‘ta oldi.

Viloyat rahbari imtihondan xatosiz o‘tdi deb bo‘lmaydi: u ruxsat etilgan maksimal 99 dan 85 jarima ballini qayd etdi.

“Ancha yildan buyon rulga o‘tirmagandim, adashmasam 1988 yilda imtihon topshirib haydovchilik guvohnomasi olganman. Lekin yo‘l qoidalarini yaxshi bilib, ko‘rsatmalarga amal qilsa, bemalol topshirsa bo‘lar ekan. “Parkovka”da sal qiynaldim, mashina haydab turmaganim shunda bilindi”, – dedi Zoyir Mirzayev.
“Toshkent viloyati imtihon markazi”da haydovchilikka nomzodlardan ham nazariy, ham amaliy imtihonlar inson omilisiz, to‘liq avtomatlashtirilgan tarzda o‘tkaziladi. Bu yerda bir kunda 600 nafardan ziyod nomzodlar nazariy, 250 dan ortiq talabgor esa amaliy imtihonlarni topshirishi mumkin.
Mavzuga oid

12:28
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda

11:37 / 09.08.2025
Mashina ustiga chiqib salyut uchirgan fuqaro 7 sutkaga qamaldi

12:00 / 02.08.2025
Toshkent viloyatida quriladigan aeroport qanday bo‘ladi?

19:34 / 01.08.2025