Oilaviy ajrimlar soni 23 foizga oshdi
O‘zbekistonda 1 yanvardan 1 iyungacha 20 798 ta oila rasman ajrashdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4700 taga ko‘p.

2022 yilning 1 iyun holatiga FHDY organlari tomonidan respublika bo‘yicha 20 798 ta ajrim qayd etilgan. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 700 taga ko‘paygan.
Xususan, sudlarning tegishli qarorlariga asosan - 14 986 ta, o‘zaro rozilik asosida - 5 812 ta ajrim holati qayd etildi.
Hududlar kesimida ajrimlar bo‘yicha Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shaharda eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Bunda:
- Samarqand viloyati – 368 ta;
- Farg‘ona viloyati – 793 ta;
- Qashqadaryo viloyati – 368 ta;
- Andijon viloyati – 800 ta;
- Surxondaryo viloyati – 353 ta;
- Namangan viloyati – 706 ta;
- Toshkent viloyati – 693 ta;
- Toshkent shahri – 732 ta;
- Buxoro viloyati – 184 ta;
- Jizzax viloyati – 248 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 76 ta;
- Xorazm viloyati – 176 ta;
- Navoiy viloyati – 109 ta;
- Sirdaryo viloyati – 206 ta ajrim kuzatildi.
Mavzuga oid

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

23:08 / 10.04.2025
Xitoyda oila qurish qoidalari soddalashtirildi

22:49 / 21.03.2025
Xitoylik ayol sobiq turmush o‘rtog‘idan uy ishlarini bajarib kelgani uchun 35 ming dollar undirdi

13:52 / 17.03.2025