Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston XTVga yangi rahbar tayinlandi

Foto: Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi matbuot xizmati
Ahmed Narimbetov Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Respublika Vazirlar Kengashi xabar berdi.
14 iyun kuni O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov, Jo‘qorg‘i Kenges raisining o‘rinbosari Otabek Davletov va Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari Abatbay Daniyarov ishtirok etgan majlisda u soha vakillariga tanishtirildi.
Ahmed Narimbetov ushbu tayinlovga qadar Respublika 6-sonli skolioz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori lavozimida ishlab kelgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga 2020 yilning dekabridan buyon Rustem Reimov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid

11:20 / 07.08.2025
Sudyalar oliy kengashida “rekord”: rais vakolat muddati tugashi arafasida 100 dan ortiq tayinlovni amalga oshirdi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025