Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Termez Cargo Centre»ga xalqaro transport-logistika xabi maqomi berildi
Prezidentning «Gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabini tashkil etish choralari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Termez Cargo Centre
Norma’ning yozishicha, BMT, boshqa xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar tomonidan Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordamning tizimli asosda, markazlashtirilgan va maqsadli yetkazilishini ta’minlash maqsadida «Termez Cargo Centre»ga Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro ko‘p funksiyali transport-logistika xabi maqomi berildi.
Xalqaro xabga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- gumanitar yordam ko‘rsatish maqsadida xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- gumanitar yordamni qabul qilish, saqlash va jo‘natishni ta’minlash;
- yuklash-tushirish ishlari, yuklarni tashish va saqlashni o‘z ichiga olgan kompleks transport-logistika xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga rioya etish.
«Termez Cargo Centre» Termiz xalqaro savdo markazi ishtirokchilari reyestriga kiritilganini hisobga olib hamda prezident farmoniga muvofiq:
bojxona, soliq, sertifikatlashtirish, fitosanitariya, veterinariya, transport, bank xizmatlari, valuta ayirboshlash xizmatlari, shuningdek, tibbiy va mehmonxona xizmatlari, avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va boshqa xizmatlar «yagona darcha» tamoyili bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi;
Afg‘oniston va boshqa davlatlarga gumanitar yordam sifatida yuborilayotgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tayotganda ushbu tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi ustuvor va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

11:22 / 14.07.2025
Termizda O‘zbekiston–Rossiya harbiylarining birgalikdagi o‘quv mashg‘uloti boshlanmoqda

10:03 / 04.07.2025
Pokiston Termizda "quruqlik porti"ni tashkil etishi mumkin

14:22 / 30.06.2025
Termizda 219 tup daraxt noqonuniy kesildi

15:39 / 29.06.2025