Samarqandda fuqaroni 5 ming dollar evaziga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan OTM bo‘lim boshlig‘i ushlandi
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti bo‘lim boshlig‘i fuqaroni o‘qishga kiritishini aytib, evaziga 5 ming dollar olayotganda qo‘lga olingan.

Foto: Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati
Samarqand viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 1 iyul kuni fuqaroning arizasiga binoan viloyat IIB JQB hamda DXX boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti sirtqi bo‘lim boshlig‘i X.V. ariza muallifidan uning jiyanini o‘zi ishlaydigan OTMga o‘qishga kiritish evaziga 5 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar bo‘yicha IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi

11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi

21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi

15:48 / 07.03.2024