Qashqadaryoda yana eshaklar so‘yilgan xonadon aniqlandi
Eshaklar go‘shti tegishli tartibda yo‘q qilinib, ularni so‘ygan shaxsga eng kam ish haqining uch barobari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 1 iyul kuni Koson tumani Arabxona mahallasida yashovchi T.Sh.ning uyida jiyani B.L. 5 bosh eshakni so‘ygani aniqlangan.
Shundan so‘ng, eshak go‘shtlari tuman veterinariya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda belgilangan tartibda hujjatlashtirib olingan va tegishli xulosaga asosan go‘sht mahsulotlari yo‘q qilingan.
Koson tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan fuqaro B.L.ga nisbatan MJtKning 111- moddasi 1- qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 barobari (900 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida xonadonida eshak so‘yish bilan shug‘ullangan er-xotinlarga chora ko‘rilgandi. Sud hukmi bilan oila boshlig‘i 10 sutkaga qamalgan, xotini BHMning uch barobari miqdorida jarimaga tortilgandi.
Mavzuga oid

21:14 / 24.03.2025
Qashqadaryo viloyatida IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

10:59 / 11.03.2025
Kattaqo‘rg‘onda eshak so‘yib, go‘shtini sotib kelgan shaxslar aniqlandi

17:18 / 08.02.2025
“Sen qulsan” – Kosonda kelinini muntazam xo‘rlab kelgan qaynota va qaynona hamda ularning o‘g‘li ozodlikdan mahrum qilindi

11:52 / 12.01.2024