Sirdaryoda erkak kishida kuydirgi aniqlandi. Rasmiylar xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qildi
Sirdaryo viloyatining Sardoba tumani «Zomin» MFY, Xavotog‘ aholi yashash punktida yashovchi fuqaroda A.22.0 kasalligi qayd qilingani haqida xabar tarqaldi.
Unda ushbu kasallikning keng tarqalib ketishi oldini olish maqsadida «Zomin» MFY, Xavotog‘ aholi yashash punkti hududida 2022 yilning 8 iyuldan 2022 yil 18 iyulga qadar karantin e’lon qilingani aytiladi.
Sirdaryo viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, xalqaro kasalliklar klassifikatsiyasi (MKV-10) bo‘yicha A-22 - kuydirgi kasalligi Sardoba tuman “Zomin” MFY, Xavotog‘ aholi yashash punktida yashovchi fuqaro B.A.da aniqlangan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu kasallik odamdan odamga yuqmasligi bilan ajralib turadi.
Kasallik faqat kasallik bilan kasallangan yirik va mayda shoxli qoramollarni so‘yish jarayonida hamda xom go‘sht bilan muloqot jarayonida odamga yuqadi.
Sardoba tumani “Zomin” MFY hududidagi barcha yirik va mayda shoxli mollarni kasallikka qarshi veterinariya xodimlari tomonidan emlash ishlari olib borilgan.
Yuqoridagi kasallikda karantin faqatgina yirik va mayda shoxli qora mollarga tatbiq qilinadi.
“Hozirda epidemiologik vaziyat barqaror, xavotirga o‘rin yo‘q”, deyiladi ma’lumotda.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025