Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi

Foto: Shutterstock
Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan voqealarni o‘rganish bo‘yicha ishonch telefoni ishga tushirildi. Bu haqda Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) xabar berdi.
2022 yilning 15 iyul kuni Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi Qoraqalpog‘istonda iyul oyi boshida sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzgan edi.
Ombudsman Feruza Eshmatova rahbarligidagi komissiya 16 iyul kunidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z faoliyatini boshladi.
Komissiya tashabbusi bilan 1374 qisqa raqamli koll-markaz ishga tushirildi.
Endilikda fuqarolar koll-markazga Qoraqalpog‘istondagi holat va sodir bo‘lgan hodisalar yuzasidan o‘z murojaatlarini yo‘llashlari mumkin.
Barcha murojaatlar komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi.
Qoraqalpog‘istonda yuz bergan holatlar va voqealarni o‘rganish bo‘yicha tuzilgan komissiya tarkibi ham tasdiqlandi.
Komissiyaga 14 nafar shaxs kiritilgan bo‘lib, ularning orasida Qonunchilik palatasi deputatlari Alisher Qodirov, Bobur Bekmurodov, Shveytsariyaning «Markaziy Osiyo assotsiatsiyasi» direktori Gulnoz Mamarasulova, shuningdek, bir qancha qoraqalpog‘istonlik faollar va senatorlar kiritilgan.
Mavzuga oid

20:48 / 31.07.2025
Telefonga qaramlik: texnologiyalar bizni qanday tobe qilmoqda?

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

16:22 / 24.05.2025
Bola ko‘ziga telefon zararini kamaytirish uchun nima qilish kerak? – oftalmolog javob berdi

15:47 / 26.03.2025