Qonunchilik palatasi “Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini qabul qildi
Mazkur hujjat bilan manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, davlat xizmatchilarining majburiyatlari hamda uni tartibga solish bo‘yicha aniq mexanizmlar belgilanmoqda.

Foto: Shutterstock
“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilib, qabul qilindi.
Manfaatlar to‘qnashuvi deganda davlat tashkiloti xodimining, uning yaqin qarindoshlarining va unga aloqador shaxslarning shaxsiy manfaatlari bilan fuqarolarning, tashkilotning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelgan va kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoxud yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan (taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyat tushunilishi belgilanmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Ko‘plab cheklovlar qatorida qonun bilan davlat tashkiloti xodimlariga o‘zi faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotida o‘zining, yaqin qarindoshlari yoki unga aloqador shaxslarga taalluqli ishlarni ko‘rib chiqishda vakil sifatida ishtirok etish taqiqlanmoqda.
Qonun loyihasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha asosiy prinsiplar, davlat tashkiloti xodimlariga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha cheklovlar o‘z aksini topmoqda.
Mavzuga oid

18:00 / 23.04.2025
Taklifi inobatga olinmagan liberallar, normani qat’iy himoya qilgan tashabbuskorlar – Qonunchilik palatasi yalpi majlisi qanday o‘tdi?

18:13 / 22.04.2025
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin

17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi

20:54 / 15.04.2025