Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi xodimi zavod darvozasi oldida o‘ziga o‘t qo‘ydi
Kun.uz manbasiga ko‘ra, 48 yoshli ayolning o‘ziga o‘t qo‘yishiga ishdan bo‘shatilgani (yoki bo‘shatilishi haqida ogohlantirish olgani) sabab bo‘lgan.
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodida ishlab kelgan 48 yoshli H.S. 2 avgust kuni korxona oldida ustiga benzin quyib, o‘ziga o‘t qo‘yib yuborgan.
Kun.uz Farg‘ona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyevdan olgan ma’lumotga ko‘ra, ayolga zavod tibbiyot punktida birinchi yordam ko‘rsatilib, so‘ng Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filiali Kombustiologiya bo‘limiga yotqizilgan.
Kun.uz boshqa manbasining so‘zlariga ko‘ra, 48 yoshli ayolning o‘ziga o‘t qo‘yishiga ishdan bo‘shatilgani (yoki bo‘shatilishi haqida ogohlantirish olgani) sabab bo‘lgan. Ayolning tanasi 75 foizgacha kuygani aytilmoqda.
Ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishi bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Holat viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.O‘rinboyev va viloyat prokurorining o‘rinbosari B.Ismoilov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan o‘rganilmoqda.
Viloyat hokimining o‘rinbosari Komila Kavlanova Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida bo‘lib, ayolning holidan xabar olgan.

O‘zbekiston bosh prokurorining matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid

13:46
Farg‘onada milliy cholg‘ular orkestri va simfonik orkestr tashkil etiladi

18:32 / 29.07.2025
Farg‘onada og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandi

21:50 / 23.07.2025
Asalarilar o‘limi davom etmoqda. Moddiy zarar qoplanadimi?

21:52 / 22.07.2025